Cherreads

Chapter 23 - Ruh tana

Maqtanchoq insonni hayotda qadri boʻlmaydi. Va hech qachon oʻz oʻrnini topa olmaydi.

Abduazim Abdupattoyev.

Artur- men hayron qolishim kerak aslida ammo. Men allaqachon Alexiya va Kronvelni koʻrdim. Bu dunyoda ham bizning dunyodan kelganlar borga oʻxshaydi. Menimcha Bishop kabilar taqdir xatosi tufayli bu dunyoga oʻtib qolishgan.

Ha mayli men bu haqda koʻp oʻylashim yaramaydi.

Shunda Artur oʻldirgan va boshini kesib tashlagan Bishop tanasi yerda toʻsatdan titray boshladi. Tana yerda oʻzidan oʻzi oʻnga va chapga tortildi. Gʻalati u oʻlganku unda unga nima boʻlyapti?

Va Bishopni tanasi oʻrnidan sekin koʻtarildi.

Artur- bu holatga unchalik tshunmagan boʻlsa ham bu yerda tashqi kuchlar taʼsiri borligini sezib turar edi.

Artur- tanasini orqaga surib oʻzini sergak tutdi. Bishopning tanasiga etibor bilan qarar ekan. Haqiqatdan ham unda hech qanday ruhiy kuch yoʻq. Uning ruhiy kuchi oʻlgani uchun soʻnib boʻlgan. Unda bu kim?

Bishop tanasi oʻrnidan turdi va titrashi kuchaydi. Tana atrofidagi qon zarralari yerga sochilar tanadan bosh qayta oʻsib chiqa boshladi. Toʻsatdan hech qanday tushuntirishsiz. Bu yerda kimdir kuchi bor ekanligi aniq ammo qanday va kimning kuchi. Kim bunday uzoq masofadan va umuman sezdirmasdan bunday qobiliyatni ishlata oladi. Ammo boshidagi ruhiy kuch tiklanmagan ekan demak u oʻlik. Yani nekroman edi.

Bishop- sen insonning bilimlarning juda yuksak koʻrinadi. Buni qadrlayman!

Bishopning ovozi bir deganda oʻzgardi u endi ancha magʻrur ammo mutlaqo hissiyotsiz gapirar edi. Huddi u qoʻgʻirchoqga aylanib qolgandek edi.

Bishop- meni yaxshilab eshit inson. Mening ismim Illusion! Men senga ajoyib taklif bilan chiqdim.

Senda kuch va isteʼdod bor koʻrinadi va menimcha bu dunyodan ham emassan.

Qoʻllarini oldinga choʻzi va ancha baland va gʻururli ovozda. Menga qoʻshilishga nima deysan. Men buyuk illusion seni oʻz safiga taklif qilaman. Menimcha sen asl yerni bilasan shunday ekan. Menga qoʻshilsang oʻzinga oʻxshaganlarga yoʻl koʻrsatgan boʻlar eding. Hoʻsh nima deysan?

More Chapters