Cherreads

Chapter 13 - boshlanish

Atrofda qurol ovozlari. Yerdagi qorda esa chumoli ovqat oxtarib uyasi ustiga toʻplanib qolgan qorni oyoqlari bilan yegʻishtirib bir chekkaga olib qoʻydi. Va oʻz uyasi uchun yoʻl ochdi. Va shu onda osmondan chumolidan qariyb 50chaqirim uzoqlikda boʻmba kelib tushdi.

Portlash shu darajada kuchli boʻladiki. Yerdagi qordan tortib endigina tashqariga yoʻl ochilgan chumoli uyasigacha. Yerda supurib tashladi.

Atrofda odamlar jon talvasasida chumoli uyining boʻlaklarini ustidan ezib oʻtishar edi.

Yerda yotgan chumoli esa endi uyini qayta tiklay olmaydi chunki u boʻmba oqibatida oyoqlarini yoʻqotdi. Va osmonga qarab oʻgʻirlab qolib oʻz oʻlimini kuta boshladi.

OGOHLANTIRISH (DISCLAIMER)

Ushbu asarda tasvirlangan barcha voqealar va qahramonlar muallif tasavvurining mahsuli bo'lib, to'qimadir. Ularning real hayotdagi shaxslar bilan har qanday o'xshashligi mutlaqo tasodifiydir.

Diqqat! Mazkur roman og'ir jinoyatlar va insoniyat tarixidagi eng yovuz shaxslarning qiyofalarini badiiy talqin qilishni maqsad qilgan. Asarning asosiy g'oyasi — hayotda adolatli jazosini olmagan yovuzliklarni badiiy jazolash va ularning asl qiyofasini ko'rsatib berishdan iborat.

Asardagi antagonistlar (salbiy qahramonlar) o'tmishdagi mudhish yovuzlar prototipi asosida yaratilgan bo'lib, matnda kuchli psixologik bosim va zo'ravonlik sahnalari mavjud bo'lishi mumkin. Shu sababli:

Muallif asar mutolaasi davomida o'quvchida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan psixologik ta'sirlar va hissiy bosim uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

Roman 16 yoshdan oshgan (16+), ruhiyati barqaror kitobxonlar uchun tavsiya etiladi.

Muallif: Abduazim Abdupattoyev.

More Chapters